«O`zbekkino» Milliy agentligida «Yoshlar kinolabaratoriyasi» ochilishining tantanali marosimi o`tkazildi.
“O`zbekkino” Milliy agentligida 30 dekabr kuni soat 11:00 da Yangi yil tadbiri o`tkazildi. Bu yil O`zbekkino uchun juda sermahsul bo`lganligi quyidagi yangiliklardan bilinib turipti.
Tadbir doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan taqdim etilgan 77 ta retro avto va mototransportlar ko`rgazmasi, 2020 yilda “O`zbekkino” MA tomonidan bajariladigan amaliy ishlar to`g`risida slaydlar namoyishi (yarmarkasi), “Kino san`ati” muzeyining ochilishi, “ Yosh kinoijodkorlar kinolabaratoriyasi”ning tantanali ochilishi bo`lib o`tdi.
Unda barcha taniqli kinoyulduzlar, Kinoarboblar uyushmasining a`zolari, hukumat vakillari, OAV xodimlari, jurnalistlar, blogerlar hamda sohaga endi qadam qo`yib kelayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berib, kirib kelayotgan 2020 yil – Yangi yil bayrami bilan barchani tabrikladi. Faxriy kinoijodkorlarga bayram sovg`alari taqdim etildi, bayram dasturxoni bezatildi.
Yil yakuniga etib kolganiga qaramay O`zbekkino Milliy agentligida xayratga soluvchi yangiliklar ko`payib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan Alisher Usmonov homiyligida O`zbekistonga “O`tkan kunlar” filmi qaytarildi. Bayram kunlari arafasida 10 ta telekanallar orqali ushbu film namoyish etildi. Yangi yilda davlat daromadiga o`tkazilgan 77 ta avto va mototransport vositalari “O`zbekkino” Milliy agentligiga berildi. Bu ham sifatli va zamonaviy kino mahsulotlarni suratga olishda bir muncha qulayliklarni yuzaga keltiradi.
O`zbek kinosanoatining rivoji bevosita kadrlar masalasiga borib taqaladi. Shu bois mutaxassislarning xorijdagi yirik kinostudiyalar, ta`lim dargohlarida o`qitish va malakasini oshirish vazifasi xam dolzarbligi,“El-yurt umidi” jamg`armasi bilan hamkorlikda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti va kinematografiya sohasidagi xalqaro ta`lim muassasalariga 10 nafardan, “Mosfilm” Kinokonserniga 20 nafar xodim va mutaxassislarni yuborish ko`zda tutilganligi aytildi. Eng muhimi, kino arboblarimizni xursand qiladigan yana bir xushxabar, Yangi yilda ”Kinochilar uyi” yangidan tashkil etiladigan bo`ldi.
Shuningdek, Agentlik huzuridagi Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi ham o`ziga xos bir maktab bo`lib, yosh kinoijodkorlarning shakllanishida alohida o`rin tutadi. Lekin ushbu studiyada yoshlarga bilim beradigan, tajriba almashadigan sharoitlar yo`q edi.
Bugun Agentlik qoshida “Yoshlar kinolaboratoriyasi” tashkil etildi, u zarur kino qurilmalari va texnik vositalar bilan ta`minlandi, kelgusida tegishli bino va inshootlar ajratish va ularni ta`mirlash choralari ham ko`rilmoqda. Yosh kinoijodkorlarning “Yoshlar kinolaboratoriyasi”da milliy zamon qahramonlari aks etgan qisqa metrajli va badiiy filmlar, seriallar ishlab chiqarish hamda kinojurnallar nashr etish, “Yoshlar kinolaboratoriyasi”ning xalqaro yosh kinoijodkorlar festivallarida doimiy qatnashishi yo`lga qo`yiladi.
“O`zbekkino” Milliy agentligi 2020 yilda yosh kinoijodkorlarni jalb etgan holda zamon qaxramonlari aks ettirilgan 3 ta milliy seriallar, 2 ta to`liq metrajli badiiy filmlar, “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnali ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan filmlar va seriallarni ishlab chiqarish uchun davlat byudjeti mablag`lari hisobidan “Yoshlar tajriba ijodiy studiyasi”ga qo`shimcha ravishda 5 mlrd. so`m mablag` ajratildi. Ko`plab festivallarda g`olib bo`lgan “Choy” filmi rejissyori Shokir Xoliqovga 1 mlrd. so`m, Maxliyo Asqaralievaga 500 mln.so`m film suratga olish uchun ajratildiva qo`shimcha ravishda iqtidorli yosh kinoijodkorlar uchun 10 ta 20 mlndan grande`lon qilindi. Kelgusida o`zbek filmlari jaxon ekranlarini zabt etishi va ko`plab xalqaro kinofestivallarda yutuqlarni qo`lga kiritishi uchun barcha chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.