O`zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etildi

Sport 07.01.2020, 08:35
Теглар: O`zbekiston, Boks
1060
O`zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etildi

Sport bo`yicha xorijning nufuzli nashrlaridan biri O`zbekistonni “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Angliyaning thefight-site.com sport sayti o`z maqolasida havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominasiyalar bo`yicha kuchlilar nomini e`lon qildi.

E`tiborlisi, boks bo`yicha turli yo`nalishlarning g`oliblari sifatida o`zbekistonlik bokschilar e`tirofga sazovor bo`lishdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov e`tirof etilgan bo`lsa, undan keyingi o`rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan g`alabasi ko`rsatilgan.

Ushbu maqola so`ngida O`zbekiston – “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e`tirof bilan yakunlangan.

Шарҳлар

O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi

05.02.2020, 14:30

“Raqs san`ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4585-son, 04.02.2020 y.) qabul qilindi...Qarorga muvofiq,...
Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

13.12.2019, 08:50

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.“Fuqarolarga imkon qadar qulay...
Dunyoning mashhur telekanali ilk bor O`zbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda

12.12.2019, 09:17

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab AQShning SNBC (“Consumer News and Business Channel”) telekanali O`zbekistonga bag`ishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.Mazkur hujjatli filmlarda yangi O`zbekistonda amalga...
Bugun davlatimiz uchun muhim sana

10.12.2019, 09:00

10 dekabr – O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun"O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to`g`risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi...