Му5
8

Avtraliya tabiiy ofat iskanjasida (Foto)

Dunyo 07.01.2020, 12:29
Теглар: Foto
2024
Avtraliya tabiiy ofat iskanjasida (Foto)

2019 yilning oktyabr oylarida havo haroratining isib ketishi oqibatida Avstraliyaning sharqiy hududlarida boshlangan o`rmon yong`inlari hozirda Yangi janubiy Uels va Viktoriya shtatlarining janubiy-sharqiy qism hududlarigacha etib keldi.

photo5233409859561565622.jpg


7 million gektar o`rmon hududini vayron etgan tabiiy ofat oqibatida halok bo`lganlar soni 25 taga etgan, 30 ga yaqin kishi bedarak yo`qolgan. 480 million hayvonlar umriga zomin bo`ldi.

photo5233409859561565623.jpg


 

photo5233409859561565624.jpg

Qit`aning janubiy hududlari aholisi zudlik bilan evakuasiya qilindi, mintaqaga sayyohlar tashrifi taqiqlandi.

Tabiiy ofat oqibatida 2 mingga yaqin turar joy, 3 mingga yaqin ma`muriy va xo`jalik binolari vayron bo`ldi.


 


 

photo5233409859561565625.jpg

 

photo5233409859561565627.jpg

Kuchli issiq iqlim ta`siridagi o`rmon yong`inlari qit`a tabiatiga, xususan, hayvonot olamiga katta xavf tug`dirmoqda.

Faqatgina Avstraliya qit`asida tarqalgan, dunyoning noyob jonzotlaridan hisoblangan koalalarning hayotiga katta xavf paydo qilmoqda. Koala jonzotlari yashaydigan hududning 30 foiz qismi yo`q bo`lgan.

photo5233592215283019160.jpg
photo5233592215283019161.jpg

Hukumat tomonidan uch mingga yaqin harbiylardan iborat yordam kuchlarini jalb etilishiga qaramasdan, mana ikki oydirki, qit`adagi o`rmon yong`inlarini butunlay bartaraf etishga erishib bo`lmayapti. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar xizmati taxminga ko`ra mintaqadagi ushbu tilsiz yov ofati yana bir necha oy davom etadi.

photo5233592215283019164.jpg

Havoning ifloslanish darajasi qariyib 30 barobarga ko`tarilib, rekord darajani qayd etgan.

Qit`a tarixidagi eng yirik o`rmon yong`inlaridan biri bundan avval 2009 yilda yuz bergan edi. Viktoriya shtatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida 181 kishi halok bo`lgan, 50 kishi bedarak yo`qolgan edi. 

1983 yilning fevral oyida qit`aning janubiy-sharqiy mintaqasida yuz bergan kuchli yong`in dunyo tarixida “Kulga belangan chorshanba” degan nom bilan tarixga muhrlandi. 

81230749_531421987477176_7282699847365296128_n.jpg


Tabiiy ofat oqibatida 3 700 bino vayron bo`lgan, 2 545 aholi boshpanasiz qolgan, minglab ferma hayvonlari halok bo`lgan. 

Ana shunday dunyo hamjamiyatini qayg`uga solgan, jonli tabiatning halokatiga sabab bo`lgan ushbu ofatga ko`pchilik qatori dunyoning mashhur insonlari ham befarq qaramadi.

Leonardo Di Kaprio, Nikol Kidman, Pink, Selesta Barber kabi Gollivudning ekofaol vakillari moliyaviy yordam ko`rsatmoqda.​

Insoniyat, hayvonot va nabotot olamiga tahdid solayotgan ushbu yong`inlar tufayli hayvonlar insonlar ko`magiga muhtoj bo`lib yaqinlashmoqda. 

Шарҳлар

Xonanda Lola farzand kutmoqda (FOTO)

15.02.2020, 12:04

Xonanda Lola Yo`ldosheva farzand kutmoqda.U instagramdagi sahifasiga homiladorligi aks etgan surat joyladi. Demakki, u yaqinda ona bo`ladi.Onalik — buyuk "mansab". Farzand — eng shirin ne`mat....
FOTO: Islom Karimov Tatyana Karimovga nikoh uzugini taqmoqda

15.02.2020, 11:51

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning qizi Lola Karimova instagramdagi sahifasiga xotiralar bilan bog`liq suratni joyladi.Unda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Tatyana Karimovaga nikoh uzugini taqayotganini ko`rish...
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan #Boburday aksiyasi bo`lib o`tdi (Foto)

14.02.2020, 16:18

Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da buyuk sarkarda va benazir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan  #Boburday aksiyasi bo`lib o`tdi.   
Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

22.01.2020, 18:06

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan ma`lum darajada insoniyat o`z yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan...