O`z dolzarbligini sira yo`qotmaydigan mazkur mavzuga doir savollarga Toshkent shahar Tez tibbiy yordam bosh shifokori S.Agzamxodjaev javob beradi.
Qanday hollarda chaqiriladi?
- Fuqarolarning sog`lig`iga yoki hayotiga xavf tug`diruvchi to`satdan kelib chiqqan kasalliklarga;
- Baxtsiz hodisalar,
- Shikastlanishlar,
- Zaharlanishlar,
- Homiladorlikdagi asoratlar yuzaga kelganda,
- Tug`ruq davrida.
Qanday hollarda murojaat etilmaydi:
- Bemor yoki jabrlanuvchi tez tibbiy yordamga muhtoj bo`lmaganda va davolash profilaktik muassasasiga o`zi mustaqil murojaat qila oladigan bo`lsa;
- Oilaviy poliklinika ish vaqtida tana harorati ko`tarilgan bemorlarga (bemor hayotiga xavf solish holatlari bo`lmagan vaqtda)
- Oilaviy poliklinika shifokori ko`rsatmalari bo`yicha muolaja olayotgan bemorlarga muolajalarni qildirish uchun.
- Oilaviy poliklinika shifokori nazoratida turgan, shoshilinch tez tibbiy yordamga muhtoj bo`lmagan bemorlarga.
Tez tibbiy yordam vazifasiga kirmaydi:
- Sud tibbiy akti tuzish,
- alkogol va giyohvand moddalardan mastlikni ekspertiza qilish,
- resept va ma`lumotlar berish
- o`lim akti tuzish,
- sog`ligi to`g`risida xotima berish
- mehnatga layoqatsizlik varaqasi berish.
Qaysi raqamlarga qo`ng`iroq qilinadi?
Har qanday telefondan 103 hamda shaharning hamma tumanlaridan 236-73-32, 236 -73-60 raqamlariga kunu tun qo`ng`iroq qilish mumkin.
Nozimga qanday ma`lumotlar beriladi?
- Chaqiriqning aniq manzili;
- Bemorning ismi-sharifi, jinsi va yoshi;
- Shikoyati;
- Qaysi telefon raqamidan tez tibbiy yordam chaqirilayotgani va chaqiruvchining ismi-sharifi;
Qancha vaqtda etib boradi?
Tez tibbiy yordam chaqirilgandan so`ng fuqarolarning sog`ligiga yoki hayotiga xavf tug`diruvchi to`satdan kelib chiqqan kasalliklarga, baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar va zaharlanishlar 15-30 daqiqa, surunkali kasalliklarga hamda tana harorat ko`tarilgan bemorlarga 30 daqiqadan 1 soatgacha vaqt ichida etib borish imkoniyat yaratilgan.
Qanday hujjatlar kerak?
Bemorni shifoxanaga yotkizish zarurati bo`lganda, bemorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini (pasport yoki guvohnoma) tez tibbiy yordam brigadasiga taqdim etish kerak.
Tez tibbiy yordam stansiyasi kattalar va bolalarga tunu-kun, bepul xizmat ko`rsatadi.
Bemor nazorat ostida bo`ladi
Bemorning keyingi holati hamda shifoxonaga yotishni rad qilganlar sutka davomida har 3 soatda nazorat qilinadi va ertalab turar joyi bo`yicha oilaviy poliklinikaga nazorat uchun yo`naltiriladi.
Shikoyat uchun murojaat
Tez tibbiy yordam xizmati yuzasidan shikoyat bo`lsa, tezkor bo`limning kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan katta shifokori telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: 236-73-32, 236-73-60
Ishonch telefonlari: 236-73-60, 236-73-68.
Raqam
Bir sutkada tez tibbiy yordam xizmatiga 2500 gacha murojaat kelib tushadi.
2014 yil davomida tez tibbiy xizmati tomonidan 780 mingdan ortiq bemor va jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko`rsatilgan, shulardan 127 ming nafari shifoxonaga yotkizilgan.
Laylo RUSTAMOVA tayyorladi