Му5
13

Rayhon Munisa Rizaeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi (video)

Shou-biznes 11.01.2020, 11:13
13355
Rayhon Munisa Rizaeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi (video)

«Milliy» telekanalining «Nishonda» dasturida Munisa Rizaeva va Rayhon o`rtalaridagi munosabatlar sovuqlashgani haqida gapirdi.

"Bilasizmi, Rayhonning bitta jihati bor: O`zidan o`zi xafa bo`ladi, o`zidan o`zi yana siz bilan yaxshi bo`lib qoladi. Oxirgi marta Rayhon menga SMS yozdi: Men sendan xafa bo`lib yurgandim, lekin sen mening tushimga kirding. Men unga ‘Yaxshi, zo`r. Sen Instagram’da meni unfollow (obunani bekor qilish) qilding, men ham seni unfollow qildim. Lekin mendan nimaga xafaligingni haliyam tushunmadim, dedim. U menga ‘xafa bo`ldim’ deb yozdi. Men ‘mayli unda xafa bo`lsang’ dedim", — deydi Munisa Rizaeva.

Rayhon Munisaning so`zlariga quyidagicha izoh berdi:

"Men Munisaning gaplarini eshitib, uning menga nisbatan qanday hurmatsizlik bilan gapirganidan hayron bo`ldim. Uning so`zlarida negativ juda ko`p. O`ylashimcha, u hali yosh qiz, unda hammasi oldinda. Bilmadim, balki uning uchun kun kelib qadriyatlarning mazmuni o`zgaradi va hammasi o`z o`rniga tushib ketadi.

Hammamiz bir xil odammiz. Kimdir baland, kimdir past emas. Ollohning oldida hammamiz tengmiz. Hammamizning borar joyimiz bir. O`sha joyga hammamiz o`z gunohlarimiz bilan boramiz va ular uchun o`zimiz javob beramiz. Shuning uchun menda hech qanday e`tiroz yo`q, hattoki uning menga bo`lgan salbiy munosabatiga ham. Bu uning huquqi, uning tanlovi, tarixi va multfilmi".

Шарҳлар