Му5
12

Sitora Farmonovaga uyatsiz serialda suratga tushishi uchun 700 ming dollar taklif qilishgan

Shou-biznes 11.01.2020, 15:39
23847
Sitora Farmonovaga uyatsiz serialda suratga tushishi uchun  700 ming dollar taklif qilishgan

Aktrisa Sitora Farmonovaga uyatsiz sahnalari bo`lgan Gollivud filmida suratga tushish uchun 700 ming dollar gonorar taklif qilishgan. Sitora bu haqda "Sb.uz" portalining "Ochiq suhbat" loyihasiga bergan intervyusida aytib o`tdi.

Sitora Farmonova:

— 2008 yilda menga Gollivuddan taklif bo`lgan. Bu Sony Entertaiment Production va ‘TNT’ telekanalining qo`shma loyihasi edi. Qo`limga qiymati 700 ming dollar bo`lgan ikki yillik shartnoma kelib tushgan. Bu taklifdan judayam xursand bo`lganman. Lekin keyin bilsam serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalari boshlanar ekan. Men bunday sahnalarni o`ynamayman, deganimda, menga sizda dublyor bo`ladi, deyishgan. Lekin u sahnalarda men emas, dublyor o`ynayotganini sahna ortidagilar biladi, tomoshabin esa bu sahnalarda meni ko`radi.

350 ta qismli serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalar boshlanadi. Bu degani 300 ta qismda shunday sahnalar bo`ladi, degani. Tomoshabin serialni ko`rgani sari mendan nafratlanishni boshlaydi. ‘O`zbekistondan chiqqan qiz shunaqa kinoda rol o`ynabdi’, deyishadi.

O`sha 700 ming dollarni oldim, bir, ikki, besh yoki o`n yil erman. Lekin bu kino chiqqanidan keyin otam qanday bosh ko`tarib yuradi? Oila a`zolarimning holi nima kechadi? Xullas, bu taklifni rad etganman. Ko`pchilik nega unday qilding, bu taklif orqali senga Gollivudga yo`l ochilardi, deyishgan. Men ularga ‘meni Gollivudga yo`l emas, oila a`zolarim, urug`-aymog`im ko`proq qiziqtiradi’, deganman.

Шарҳлар