my5

Shavkat Mirziyoev O`mon Sultoni va xalqiga hamdardlik bildirdi

Siyosat 11.01.2020, 21:14
1068
Shavkat Mirziyoev O`mon Sultoni va xalqiga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O`mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said nomiga Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etib maktub yo`lladi.

"Ul zot Sultonlik taraqqiyoti va ravnaqi, mamlakat xalqining farovonligi va xalqaro maydondagi o`rnini har tomonlama mustahkamlash yo`lida beqiyos sa`y-harakatlarni amalga oshirgan o`z Vatanining chinakam fidoyi farzandi hamda xalqining cheksiz hurmatiga sazovor bo`lgan taniqli va mohir davlat arbobi edilar", deyiladi hamdardlik nomasida.

 

Шарҳлар