Му5
8

Xitoyda er o`pirilib, avtobusni "yutib" yubordi, qurbonlar bor (video)

Dunyo 14.01.2020, 14:48
Теглар: avtobus, Xitoy
2835
Xitoyda er o`pirilib, avtobusni "yutib" yubordi, qurbonlar bor (video)

Xitoyning Sinxay profinsiyasida yo`lovchilari bo`lgan avtobus er ostiga kirib ketdi. Ushbu baxtsiz xodisa avtobus bekatida odamlar transportga chiqayotgan vaqtda sodir bo`ldi. 
 

Ko`chada o`rnatilgan kuzatuv kameralari ushbu xodisani videotasvirga muxrlagan. Kadrlarda bo`lib o`tgan xodisa aniq-ravshan ko`rinib turibdi. Voqeada asfalt o`pirilib, avtobusning old g`ildiragi kutilmaganda shu joyga tushib ketgani va transportga minmoqchi bo`lgan yo`lovchilardan bir nechtasi ham shu chuqurga yiqilgani aks etgan. Bir necha daqiqadan keyin avtobus muvozanatni yo`qotib, o`pirilgan o`raga butunlay tushib ketgan. O`raga qulagan 6 nafar fuqaro halok bo`lgan. Bir necha insonlar qutqarib olingan.

 Video (Tas-Ix):

Шарҳлар