So`nggi kunlarda Pokiston va Afg`onistonda qor ko`chkisi,suv toshqinlari va qahraton sovuq oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo`ldi.
Ikki davlat rasmiylariga ko`ra, Pokistonda kamida 93 kishi o`lgan va 76 kishi jaroxatlangan, yana bir necha kishi bedarak yo`qolgan. Afg`onistonda esa 39 kishi halok bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, yaqin kelajakda ob-havo bundanda yomonroq bo`lishi mumkin.
Tabiiy ofatlar bo`yicha davlat idorasining bayonotida aytilishicha, Pokistonning Kashmir viloyati eng ko`p zarar ko`rgan hudud bo`lib, bu erda 62 kishi halok bo`lgan va 10 kishi bedarak yo`qolgan. Rasmiylarga ko`ra, mamlakatning shimoliy tog`li hududlari bo`ylab bir qator magistral yo`llar va maktablar yopilgan.
Hududining ko`p qismi tog`lardan iborat bo`lgan Afg`onistonda qahraton qish ko`p hollarda og`ir oqibatlarga olib keladi. Xalqaro hamjamiyatning milliardlab dollarlik moddiy yordamiga qaramay, mamlakat qashshoqligicha qolmoqda.