Tailandda o`tayotgan futbol bo`yicha U-23 Osiyo chempionatida bugun bir qator guruhlarda 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Jumladan, “S” guruhida O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham chorak final yo`llanmasi uchun kurash olib boradi.
Futbolchilarimiz uchinchi turda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O`yinni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Toshkent vaqti bilan 15:15 da Rangsit shahrida kechadigan urchashuvda jamoamiz oq, koreyaliklar esa qizil rangli kiyimda harakat qilishadi.
U-23 Osiyo chempionati. Tailand.
“S” guruhi, 3-tur. 15 yanvar, 15:15.
Bosh hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
O`zbekiston – Janubiy Koreya

Ayni paytda Janubiy Koreya termasi 6 ochko bilan “S” guruhida etakchilik qilmoqda va ular chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib bo`lishgan. Jamoamiz esa 4 ochko bilan ikkinchi o`rinda ketmoqda. Uchinchi o`rinda turgan Eron bilan oradagi farq esa 3 ochkoni tashkil qiladi.