Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ning seshanba kuni xabar berishicha, Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus yanada kengroq avj olishi mumkin. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Koronaviruslar – bu viruslarning katta oilasi bo`lib, oddiy shamollashdan tortib jiddiy kasalliklargacha sabab bo`lishi mumkin. Dushanba kuni Tailandda Xitoydan kelgan ayolda ushbu virus aniqlangan. Bu esa virusning Xitoydan tashqarida birinchi marta qayd etilishi hisoblanadi.
Umuman, Xitoyning markaziy Vuxan shahrida mazkur virus 41 ta odamda kuzatilgan va bir nafar bemor vafot etgan. BMT agentligi dunyo bo`ylab shifoxonalarga ushbu yangi virus tarqalishining oldini olish va uni nazorat qilish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Hozirda virusga qarshi muayyan dori vositalari mavjad emas. Ammo bunday dorilar ko`rib chiqilmoqda.
Xitoyning yangi yil bayrami 25 yanvar kuni nishonlanadi va bu paytda ko`plab xitoylik sayyohlar Tailandga tashrif buyuradilar. JSST Tailand rasmiylarini, odamlarni va dam oluvchilarni bu holatda hushyor bo`lishga chaqirdi.BMT agentligining Tailanddagi vakili Richard Braunning aytishicha, Vuxan viloyatidan kelib,isitma va yo`tal bilan kasallangan har qanday odam tibbiy xodim tomonidan tekshirilishi kerak.