AsosiyDunyo

Alisher Usmonov «Everton»ning yangi stadioni nomini sotib oldi

'Alisher Usmonov «Everton»ning yangi stadioni nomini sotib oldi'ning rasmi

Milliarder Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings «Everton» futbol klubining yangi stadioni nomini sotib oldi. Yangi stadion qurilishi 2020 yilda boshlanib, 2023 yilda yakunlanishi reja qilingan. Mersisaydlar 39,5 ming tomoshabinga mo`ljallangan «Gudison Park» stadionida 1982 yildan buyon o`ynab keladi. Ko`proq tomoshabin sig`adigan arena barpo qilish klub egasi Farhad Moshirining asosiy maqsadlaridan biri. Moshiri o`z navbatida Usmonovning biznes hamkori hisoblanadi.

Telegraph’ning xabariga ko`ra, Usmonov stadionni nomlash huquqi uchun 35 million evro to`lashga ulgirgan. Arena qurib bitkazilgach Usmonov yiliga qancha miqdordan pul to`lashi noma`lum, biroq nashrda ta`kidlanishicha, bu yiliga 29 million evrodan oshmaydi. Stadionning nomi qanday bo`lishi haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Manbaning ta`kidlashicha, Usmonovda bu borada ikkita variant bor. Ulardan biri — «USM Arena».

Avvalroq «Everton» so`nggi mavsumni 130 million evro qarz bilan yopgani ma`lum bo`lagndi. Usmonovning investisiyasi klubga qo`l kelishi mumkin. Eslatib o`tamiz, Alisher Usmonov uzoq yillar mobaynida Londonning «Arsenal» klubi aksiyadorlaridan biri bo`lib kelgan, biroq 2018 yilda esa o`z ulushlarini sotib yuborgandi.

    Boshqa yangiliklar