AsosiyDunyo

Keyingi besh yilda qancha o`zbek Qirg`iziston fuqaroligini olgan?

'Keyingi besh yilda qancha o`zbek Qirg`iziston fuqaroligini olgan?'ning rasmi

Oxirgi besh yil davomida asosan O`zbekiston, Tojikiston, Rossiyadan kelganlar Qirg`iziston fuqaroligini olgan. Bu haqda Sputnik Qirg`iziston tahliliy ma`lumot tayyorladi.

Davlat fuqaroligini berish haqida hujjatni Qirg`iziston prezidenti tomonidan imzolanadi. Oxirgi marta hujjat 2019 yil 30 dekabrda imzolandi – 978 nafar fuqaro Qirg`iziston fuqaroligini oldi.

2015 yildan beri 22 456 kishi Qirg`iziston fuqaroligini olgan. Ularning aksariyati 82 foizi etnik qirg`izlar.

2015-2018 yillarda Qirg`iziston fuqaroligini eng ko`p o`zbekistonliklar olgan. 2019 yilda esa qirg`iz fuqaroligi eng ko`p tojikistonliklarga berilgan berilgan.

So`nggi besh yil davomida 12 mingdan ortiq o`zbekistonliklar Qirg`iziston fuqaroligini olgan. (2015 yilda – 4470 kishi, 2016 y. – 3401, 2017 y. – 2341, 2018 y.-1284, 2019 yil 10 oyda - 887).

Ta`kidlanishicha, Ukraina, Moldova, Pokiston, Xitoy, Turkiya va Misrdan kelgan kishilarga ham mamlakat fuqaroligi berilgan.

    Boshqa yangiliklar