Му5
8

O`zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi

Siyosat 16.01.2020, 14:07
394
O`zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi

Bugun, 16 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi. 

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur`ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, o`zaro almashinuvlar misli ko`rilmagan darajada faollashgani, ko`p qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investisiya, energetika, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta`lim va boshqa ustuvor yo`nalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi.

Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini etkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlarimiz o`zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O`zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko`rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Шарҳлар