O`zbekiston 2021 yilda dzyudo bo`yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda GoSport.uz xabar berdi.
Ayni vaqtda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`lib turibdi. Vizer kuni kecha O`zbekiston dzyudo federasiyasi bilan hamkorlik to`g`risida memorandum imzoladi va 2021 yilgi JCh mezbonligi rasman O`zbekistonga topshirilganini e`lon qildi.
Jahon chempionati kelasi yili Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bahslar “Humo Arena” ko`p tarmoqli sport saroyida bo`lib o`tadi.