Му5
5

Rossiya premer-ligasida to`p suruvchi o`zbekistonliklar soni yana bittaga ko`payishi mumkin

Sport 17.01.2020, 11:16
354
Rossiya premer-ligasida to`p suruvchi o`zbekistonliklar soni yana bittaga ko`payishi mumkin

Toshkentning «Lokomotiv» klubini tark etgan Oston O`runov Rossiyaning «Ufa» jamoasi safiga borib qo`shildi. Bu boshqirdistonliklar rasmiy tvitteridagi suratda ham aks etgan, deya xabar berdi gosport.uz.

Oston Urunov ayni vaqtda jamoa bilan birga Kiprdagi o`quv-mashg`ulot yig`inida ishtirok etmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, Kipr yig`inidan so`ng tomonlar rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma`lumot uchun, Oston Urunov 2019 yilgi mavsumda «Navbahor» va «Lokomotiv» klublari safida o`tkazib, Superligada 25 o`yinda 3ta golga mualliflik qilgan.

Шарҳлар