Му5
5

"Farhod" bozorida katta janjal bo`ldi (Video)

Jamiyat 17.01.2020, 15:23
Теглар: Video
3748
"Farhod" bozorida katta janjal bo`ldi (Video)

Toshkent shahrining eng gavjum bozorlaridan biri hisoblangan "Farhod" bozorida katta janjal bo`ldi. Bu voqea aks etgan video Human.uz axborot portalida e`lon qilindi.

–Men tashqaridagi "naves"ning ikkinchi "zontigi"da savdo qilaman, – deydi savdo qiluvchi ayollardan biri. – Kunlik patta puli to`lamaymiz, bozor bilan qilingan shartnoma asosida savdo qilamiz. Patentim bor, qo`limda ishchim bor. "Naves"ni o`zimiz qurganmiz. Yangi kelgan bozorqo`m "Bular talabga javobga bermaydi, ularni olinglar ", dedi. O`zimni oladigan bo`lsak, shu "naves" uchun olti million so`m sarflaganman. Uni qurdirganimga endigina uch oy bo`ldi. Uni buzib, o`rniga yangi magazin quramiz, deyishyapti. Iloji bo`lsa, bizni joyimizda qoldirishgani ma`qul. Axir endigina uch oy bo`ldi uni qurganimizga. O`zi qishda savdo sust bo`lishini hamma yaxshi biladi. 

Masalani qanday ijobiy hal etish mumkinligi haqidagi savolga"Farhod" dehqon bozori AJ direktori Bahodir Saidov quyidagicha javob berdi:

– Bu erda nafaqat yangi do`konlar, balki yangi rastalar ham quriladi. O`sha rastalar savdo qilayotgan odamlarga beriladi. Agar ular dehqon, tomorqasi mavjud bo`lsa, ma`lumotnomalar orqali, agar patenti bo`lsa, shartnoma asosida rastalar ajratiladi.

Ammo bozor direktorining  gaplaridan savdo qilayotgan tadbirkorlarning ko`ngli to`lmadi. Ular bu masaladagi o`zlarining talab va istaklarini ma`lum qilishdi.

Шарҳлар

Foydalanilmayotgan tomorqalar qaytarib olinadimi? (Video)

19.02.2020, 15:31

O`zbekiston fermer, dehqon va tomorqa egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi aholi daromadini oshirishga xizmat qiluvchi masalalar yuzasidan matbuot...
Shahrisabz tumani hokimligi huquqshunosi ekani aytilayotgan shaxs fermerni «tepib haydadi» (Video 18+)

15.02.2020, 15:16

Bugun norasmiy telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimligi huquqshunosi ekani aytilayotgan shaxs bilan bog`liq video tarqaldi.Videoda fermerni huquqshunos tepib hokimiyat binosidan haydab yuborgani...
O`zbekistonda koronavirus aniqlanmadi (Video)

14.02.2020, 21:30

Koronavirus infeksiyasi to`g`risidagi ishonchli ma`lumotlarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan koronavirusga qarshi markaziy shtabdan olish mumkin. Bu shtab o`z faoliyatini tunu kun davom ettirmoqda....
Toshkentda o`z otasini urgan yigit holatni izohladi (Video)

14.02.2020, 15:20

Ijtimoiy tarmoqlarda ota va o`g`il mojarosi aks etgan video tarqaldi. U jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo`ldi. Unda o`g`ilning o`z otasiga tazyiq o`tkazgani, hattoki qo`l ko`targani...