my5

Prezident Senat a`zolarini tayinlash to`g`risida farmon imzoladi

Siyosat 18.01.2020, 09:47
1386
Prezident Senat a`zolarini tayinlash to`g`risida farmon imzoladi

O`zbekiston Respublikasi PrezidentiO`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolarini tayinlash to`g`risida farmon imzoladi.

Farmonga ko`ra, quyida ko`rsatilganlar O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari etib tayinlandi:

Ayupov Shavkat Abdullaevich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori

Basitxanova Elmira Irkinovna - O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi

Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich - O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o`rinbosari

Saidov Sirojiddin Saloxovich - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Sayfullaev  Baxtiyor - O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

Safoev Sodiq Solixovich - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari

Sa`dullaev Alisher Zafar o`g`li - O`zbekiston Respublikasi Prezidentiningyoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari

Turdiev Sodiqjon - O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasi boshqaruvi raisi

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich - Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Yuldashev Bexzod Sadikovich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti.

Avvalroq Markaziy saylov komissiyasida Senat a`zolari ro`yxatga olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Шарҳлар