Му5
8

Shohjahon Ergashev raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Sport 18.01.2020, 11:20
492
Shohjahon Ergashev  raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) Toshkent vaqti bilan 18 yanvar, shanba kuni navbatdagi jangini o`tkazdi.

Shohjahonga ushbu jangda meksikalik 29 yoshli bokschi Adrian Estrella (29-5, 24 KO) raqiblik qildi. Jang 1-raundayoq nihoyasiga etdi. Ergashevning tana qismiga berilgan kuchli zarbalaridan so`ng meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa Shohjahon navbatdagi g`alabasini ham nokaut orqali qo`lga kiritdi.

Ma`lumot uchun, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksdagi barcha 18 ta jangida g`alaba qozongan. 16 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Meksikalik Estrella esa bugungisi bilan qo`shib hisoblaganda prof ringda 34 ta jang o`tkazib, ularning 29 tasida g`olib chiqqan. 24 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan. 5 ta jangda (3 tasi nokaut) esa mag`lub bo`lgan.

Шарҳлар