AsosiySiyosat

Abdulla Aripov nomzodi O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga taklif etildi

'Abdulla Aripov nomzodi O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga taklif etildi'ning rasmi

Poytaxtimizda O`zLiDeP Siyosiy kengashining majlisi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Yig`ilishda Konstitutsiyamizning 98-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko`rsatish masalasi muhokama etildi. Asosiy qonunimizga binoan Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko`rib chiqish uchun taklif etiladi. 

Majlisda Abdulla Aripov nomzodi O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga nomzod sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko`rib chiqish uchun taklif etilishi belgilandi. 

    Boshqa yangiliklar