Му5
8

Xokkeychilarimiz yana maydondan bosh egib chiqib ketishdi

Sport 18.01.2020, 13:45
454
Xokkeychilarimiz yana maydondan bosh egib chiqib ketishdi

Toshkentning “Humo-2“ klubi Qozog`iston ochiq chempionatida ilk bor ishtirok etayotgani tobora sezilib bormoqda. Kecha 11 ta jamoa qatnashayotgan chempionatda xokkeychilarimiz “Humo Arena” ko`p tarmoqli sport majmuasining o`quv-mashg`ulot muzida “Kulager“ klubi bilan ikkinchi uchrashuvni o`tkazdi. Bu safar ham xokkeychilarimizdan omad yuz o`girdi: “Humo-2” – “Kulager” 1:4. Birinchi o`yinda ham “Humo-2”“Kulager” jamoasiga 1-2 hisobida o`yinni boy bergan edi. Mahorat, tajriba, o`yindagi pala-partishliklar... bular hammasi mag`lubiyatni etaklab kelmoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Muxlislar esa kutadi, bir oy, bir yil... eng muhimi ularning qalbida sevimli jamoasiga nisbatan ishonch, umid bor.

Humo-2-Kulager (4).jpg
Humo-2-Kulager (5).jpg
Humo-2-Kulager (6).jpg
Humo-2-Kulager (7).jpg
Humo-2-Kulager (8).jpg

 

Шарҳлар