AsosiyJamiyat

8 553 ta avtoulov jarima maydonlariga qo`yildi

'8 553 ta avtoulov jarima maydonlariga qo`yildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi  Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazib kelinayotgan reyd tadbirlari poytaxtimizning markaziy 12 ta ko`chalarida davom etmoqda, deya ma`lum qildi MIB. 

Joriy yilning 11 iyun kunidan 31 dekabr kuniga qadar poytaxt yo`llarida o`tkazilgan reyd tadbirlarini tahlil qiladigan bo`lsak, qoidani buzib o`z vaqtida jarimalarni amalga oshirmagan, jami 136 ming 627 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlangan bo`lib, ulardan jami 41 mlrd. 142 mln. so`m jarimalar undirildi.

Shundan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy 60 kun muddatda to`lovni amalga oshirimaganligi oqibatida, Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy tuman bo`limlari ish yurituviga chiqarilgan ijro hujjatlaridan 48 ming 071 ta qoidabuzarlardan 15 mlrd. 979 mln. so`m undirilgan.

Eng asosiysi, 8 553 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilgan. Bunday ko`rsatkich joriy yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar davom etgan dastlabki reyd tadbirlarida qayd qilinmagan edi.

    Boshqa yangiliklar