1-yanvar kuni taxminan soat 22.15 da 32 yoshli Oleg R. Uchtepa tumanida yashovchi o`gay otasi 52 yoshli Valeriy Z.ning uyiga mehmon bo`lib keladi.
Ular spirtli ichimliklar ichib o`tirishganda oralarida kelishmovchilik yuzaga keldi va Oleg oshxona pichog`i bilan o`gay otasiga tan jarohatlari etkazdi. Valeriy Z. shifoxona olib borildi. Toshkent shahar IIBB ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“ Qasddan badanga og`ir shikast etkazish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgani haqida xabar bermoqda.