my5

Polshada cho`chqalar o`z xo`jayinini eb tashladi

Dunyo 19.01.2020, 14:48
Теглар: Polsha, cho`chqa
2429
Polshada cho`chqalar o`z xo`jayinini eb tashladi

Polshalik qariyaning yuragi huruj qilib qolgan. So`ng u boqayotgan 12 ta cho`chqa xo`jayinini eb tashlagan. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
71 yoshli qariyaning jasadi qoldiqlarini uning qo`shnisi topgan. U Yangi yil bayramidan so`ng qo`shnisini xabar olmoqchi bo`lib uyiga kirgan edi.

"Uni oxirgi marta 31 dekabr kuni quduqdan suv olgani borganda ko`rishgan", – deydi prokuratura matbuot kotibi.
Prokuratura xodimlarining aytishicha, qariyani yuragi xuruj qilib yiqilib tushgan. yaqin atrofda odamlar bo`lmagan. Afsuski, uni quduq atrofida yurgan o`z cho`chqalari eb qo`yishgan.

Шарҳлар