AsosiySport

O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining yarim finaliga yo`l oldi

'O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining yarim finaliga yo`l oldi'ning rasmi

Tailandda o`tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi o`zining muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettiradigan bo`ldi.

Vakillarimiz BAA jamoasiga qarshi chorak final bahsida ishtirok etib, 5:1 hisobida g`alaba qozonishdi. 

Dastlab raqib jamoa hisobni ochgan bo`lishiga qaramay keyinchalik Ilhomjon Alijonov, Islomjon Qobilov, Oybek Bozorov, Jasurbek Yaxshiboev va Nurillo To`xtasinov bir marotabadan raqib darvozasini ishg`ol qilishdi.

U-23 Osiyo chempionati
Chorakfinal
BAA – O`zbekiston 1:5
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Gollar: Zayid Al Ameri 1:0 (13’) – Ilhomjon Alijonov 1:1 (16’), Islomjon Qobilov 1:2 (26’ penalti), Oybek Bozorov 1:3 (41’), Jasurbek Yaxshiboev 1:4 (85′), Nurillo To`xtasinov 1:5 (90+3′)

Shu tariqa vakillarimiz 22 yanvar kuni final yo`llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqishadi.

 

    Boshqa yangiliklar