Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda davlatning milliy siyosatini amalga oshiruvchi tashkilot tuzilishi lozim, deb hisoblaydi.
O`zAning ma`lum qilishicha, Kreml rasmiy saytida e`lon qilingan topshiriqlarida Putin hukumatga Butunrossiya miqyosida davlatning milliy siyosati bilan mashg`ul bo`luvchi ayni shunday tashkilot tuzish bo`yicha Prezident farmonini tayyorlash talabini qo`ygan. “Mas`ul bosh vazir Mixail Mishustin, bajarish muddati 2020 yilning 1 apreligacha”, deyilgan Kreml rasmiy saytidagi ma`lumotda.