Му5
8

Yana bir davlat Hizbullohni terrorchilik tashkilot deb e`lon qildi

Dunyo 21.01.2020, 13:25
684
Yana bir davlat Hizbullohni terrorchilik tashkilot deb e`lon qildi

Gonduras hukumati rasmiy tarzda Livandagi Hizbulloh guruhini terroristik tashkilot deb e`lon qildi. Bu haqda dushanba kuni Gvatemala xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimli xodimi ma`lum qilgani haqida xabar bermoqda tarjimon.uz.

«Biz Hizbullohni terrorchilik tashkiloti deb e`lon qilamiz va uni terrorchilik harakatlarini amalga oshiruvchi shaxslar va muassasalar ro`yxatiga kiritamiz. Shuningdek, uni moliyalashtirish bilan bog`liq ishlarni ham terakt deb hisoblaymiz», deydi Gonduras xavfsizlik vazirining o`rinbosari Luis Suazo.

Shialar hukmronlik qiladigan va yaxshi qurollangan Hizbulloh guruhini AQSh hukumati ham terroristik tashkilot deb e`lon qilgandi. Ma`lumot uchun, ushbu guruh Eron tomonidan qo`llab-quvvatlanadi.

Шарҳлар