AsosiyJamiyat

Samarqandda uy-joyidan chiqishdan bosh tortgan ayol MIB xodimlarini benzin sepib, yoqib yubordi

'Samarqandda uy-joyidan chiqishdan bosh tortgan ayol MIB xodimlarini benzin sepib, yoqib yubordi'ning rasmi

2020 yil 20 yanvar kuni soat 14:20 larda Samarqandda ijro harakatlarini amalga oshirayotgan MIB xodimlariga qarshilik qilgan ayol ularni yoqib yubordi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, MIB Samarqand shahar bo`limi davlat ijrochisi M.B. hamkasblari bilan ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining 12.09.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan, da`vogar shahar xokimligi va qo`shimcha da`vogar “SV” MChJ foydasiga javobgar, 1978 yilda tug`ilgan D.R.ni uy-joydan chiqarish yuzasidan Samarqand shahri, Navoiyshoh ko`chasi 49-uy, 16-xonadonga kelishadi. 

MIB xodimlarining ijro harakatlarini amalga oshirishi jarayonida, ushbu xonadonda ro`yxatda turuvchi D.R. uy-joydan chiqishdan bosh tortadi. Ayol MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko`rsatib, ularni ustiga benzin yoqilg`isini sepib, qo`lida yonib turgan sochiqni ularning ustiga uloqtirib yuboradi. Bu orqali javobgar MIB xodimlarini xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishiga majbur qiladi. 

Ma`lum qilinishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan 2020 yil 21 yanvar kuni shahar prokuraturasi tomonidan D.R.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar