O`zbekistonda salomatlik haftaligi o`tkazilmoqda

Salomatlik 17.02.2015, 13:40
2707
O`zbekistonda salomatlik haftaligi o`tkazilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida o`tkazilayotgan ushbu haftalikda viloyatdagi tibbiyot muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning etakchi olim va yuqori malakali shifokorlari ishtirok etmoqda. Bu haqda uz24.uz nashri minzdrav.uz ma`lumotlari asosida xabar beradi.

16 fevraldan boshlangan tadbirda aholi, ayniqsa, urush va mehnat fronti faxriylari hamda keksalarni to`liq, chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Salomatlik haftaligi doirasida qishloq vrachlik punktlari, markaziy ko`p tarmoqli va oilaviy poliklinikalar shifokorlari xonadonlarda bo`lib, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshi ulug` insonlarga tibbiy yordam ko`rsatmoqda. Aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan targ`ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda. 

Шарҳлар