AsosiyJinoyat

Buxoroda yo`qolgan “tulpor“ Navoiy viloyati hududidan topildi

'Buxoroda yo`qolgan “tulpor“ Navoiy viloyati hududidan topildi'ning rasmi

Buxoro viloyati Olot tumani Buyuk Ipak yo`li ko`chasida yashovchi A.Qodirovga tegishli bo`lgan “Neksiya-3“ rusumli avtomashina olib qochilgani haqidagi xabar Respublikadagi barcha postlarni sergaklikka chorladi.

Bu voqea joriy yilning 20 yanvar kuni taxminan soat tungi 1:30 larda sodir etilgan. Olot tuman markaziy dehqon bozori atrofidan olib qochilgan “tulpor” oradan hech qancha vaqt o`tmay Navoiy viloyatida ushlangan. Bu haqda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, qidiruvda bo`lgan avtoulov Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan avtoshoxbekat hududida xizmat olib borayotgan yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan M-37 avtomobil yo`lida aniqlanib, kuzatuv yo`li bilan belgilangan joyda to`xtatilgan. Uni boshqarib kelayotgan “uddaburon“ haydovchi avtomashinani tashlab, shudgor oralab qochishga harakat qilgan. Lekin u g`oyib bo`shning imkonini topa olmadi.

Mazkur holat Karmana tumani ichki ishlar bo`limi tezkor tergov guruhi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

***

Joriy yilning 19 yanvar kuni taxminan soat 22:00 larda “Samarqand-Navoiy” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashina tegishli tartibda to`xtatildi.

Ushbu avtoulov “Samarqand” muntazam yo`l-patrul xizmati maskanida xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori, safdor Q.Ergashev hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinolog xodimi, kichik serjant O.Jo`raev tomonidan hujjatlarini tekshirish maqsadida to`xtatilgan. Mashina 1993 yil Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida tug`ilgan O`ktam Rasulov ( materialdagi ism va familiyalar o`zgartirilgan) boshqaruvida bo`lgan.

Avtomashina salonida yo`lovchi sifatida ketayotgan 1993 yil G`ijduvon tumanida tug`ilgan Muhsin Jo`raevni serjant O. Jo`raev shubha tug`ilganligi tufayli o`ziga biriktirilgan xizmat iti yordamida tekshirgan.

Bu jarayonda uning yonidan qora polietilen paketga o`ralgan 20 dona gugurt qutisiga solingan o`tkir hidli, yashil rangli o`tsimon modda borligi aniqlangan. Shubhali modda daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olinib, tuman ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismiga topshirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar