Му5
8

O`zbekistonda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi faoliyat boshladi

Jamiyat 22.01.2020, 16:59
Теглар: fond, mass-media
526
O`zbekistonda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi faoliyat boshladi

Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Adliya vazirligidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro`yxatdan o`tib, ish boshladi.

Jamoat fondi telegram kanalida ma`lum qilinishicha, uning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashishdan iborat.

Shuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o`zini o`zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko`maklashishni ham o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo`llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko`rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

“Kelgusida jamoat fondi va uning loyihalari haqida batafsil ma`lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom etasiz, degan umiddamiz”, — deyiladi xabarda.

Шарҳлар