AsosiySport

“Bunyodkor” uchinchi bosqichga chiqdi

'“Bunyodkor” uchinchi bosqichga chiqdi'ning rasmi

Futbol bo`yicha Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Toshkentnig “Bunyodkor” jamoasi Iroqning “Al Zavra” klubini yirik hisobda engdi.

Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida bo`lib o`tgan o`yinda “Bunyodkor” jamoasi a`zolari 4:1 hisobida raqiblaridan ustun keldi. O`yinda Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtozaev (2 marotaba), Boburbek Farhodov raqib darvozasini ishg`ol etgan bo`lsa, asosiy vaqtning 89-daqiqasida raqib futbolchisi Abbos Qosim gol urdi.

Shu tariqa, “Qaldirg`ochlar” musobaqaning uchinchi saralash bosqichiga yo`l oldi. Ular mazkur bosqida BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi o`ynaydi. Uchrashuv 28 yanvar kuni Al Ayndagi “Hazza bin Zayd” stadionida bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar