Му5
8

Seyfni o`margan kimsalar qo`lga tushdi

Jinoyat 22.01.2020, 17:14
Теглар: seyf, o`g`irlik
1238
Seyfni o`margan kimsalar qo`lga tushdi

Surxondaryo viloyatining Dehqonobod tumani Paxtachi qishlog`idagi xonadondan dollarlar va so`mlarni, uy hujjatlarini o`g`irlagan jinoyatchilar qo`lga tushdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti "Darakchi"ga xabar berdi.

2020 yil 14 yanvardan 15 yanvarga o`tar kechasi noma`lum shaxslar Dehqonobod tumani Paxtachi mahallasida yashovchi 60 yoshli I.N.ning uyiga deraza oynasini sindirish yo`li bilan kirib, ichidagi 1.120 AQSh dollari va 57.500.000 so`m miqdorida naqd pullarni hamda uyining kadastr hujjatlari bo`lgan temir seyfni yashirin ravishda qo`lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g`ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida, 26 yoshli K.F. va 24 yoshli N.T. lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan o`g`irlangan pullarning bir qismi va temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

K.F. va N.T.lar  gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan, K.F. prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар