AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev Toshkentda qashqadaryoliklar bilan uchrashdi

'Zoyir Mirzaev Toshkentda qashqadaryoliklar bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 22 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Toshkent shahrida ilm-fan, adabiyot, ijod, jurnalistika, blogerlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan bir guruh qashqadaryoliklar bilan uchrashdi. Hokim o`z so`zida viloyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar bilan yig`ilganlarni tanishtirib o`tdi va barchani birgalikda viloyat ravnaqi uchun hamkorlik qilishga chaqirdi.

Poytaxtda ishlayotgan ijodkorlardan davlat rahbarining besh tashabbusi amaldagi ijrosi bo`yicha ko`mak so`radi,  o`zi o`qigan maktablarga musiqaga bolalarni jalb qilish bo`yicha taklif va tashabbuslarni,  kitob mutolaasi bo`yicha viloyatning istalgan hududida kutubxona tashkil etishni qo`llab quuvatlashini bildirdi.

Ayni paytda tadbir davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar