Му5
8

Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

Jamiyat 22.01.2020, 18:06
Теглар: Foto
1425
Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan ma`lum darajada insoniyat o`z yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan shamol tegirmonlarida donlarni maydalash, quyosh nurlarida meva va poliz ekinlari mahsulotlarini quritish kabi ishlarda keng foydalanib kelganlar.Hozirda muqobil energiya manbalari turlarining yangi yo`nalishlari va sohalari rivojlanib bormoqda.

 Kelajakda juda ko`p boshqa turdagi muqobil energiya manbalari turlari ham kashf etilib, ulardan insoniyat barcha sohalarda, hatto kosmosda ham energiya manbai sifatida foydalanishlari ba`zi olimlar va mutahassislar tomonidan bashorat qilinmoqda. Shulardan hozirda mavjud eng takomillashib borayotgan muqobil energiya turlaridan biri shamol energetikasidir. Bugungi kunga kelib zamonaviy shamol energetik qurilmalari yaratilgan bo`lib, ular quvvatiga ko`ra mini va katta shamol energetik qurilmalariga ajratiladi. Respublikamizda doimiy ravishda shamol esib turadigan hududlar mavjuddir. Bunday geografik hududlarda “Shamol generatorlarini” barpo etish va ulardan energiya manbai sifatida foydalanish ancha samarali va qulay hisoblanadi. 

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 20yanvar kuni Toshkent shaxridagi Yodju texnika instituti Innovasiya markazi xodimlari tomonidan fuqaro E.Atajanovning “Shamol harakatini mexanik harakatga aylantiradigan klapanli qurilma”(Shamol generatori)loyixasining tajribaviy na`munasini laboratoriya sinovidan o`tkazib berildi. Sinov jarayonida O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari Tuychiev Olimjon, Toshkent shaxridagi Yodju Texnika instituti raxbariyati, hamda ushbu institut Innovasiya markazi xodimlari ishtirok etishdi.  Sinov metodikasiga asosan, loyixaning tajribaviy na`munasi laboratoriya sharoitida turli xil tezlikdagi sun`iy shamol ta`siri ostida sinaldi, hamda maxsus o`lchov asboblari yordamida qurilma tajribaviy na`munasi o`qidagi kuch momenti, o`qning burchak tezligi va berilayotgan sun`iy shamol tezligi o`lchanib natijalar qayd etildi. 

Sinov jarayonida qayd etilgan natijalar loyihaning istiqbolga ega ekanligini ko`rsatdi. Ushbu loyixaning yanada rivojlantirish, uni qo`llab-quvvatlash maqsadida fuqaro E.Atajanovning loyihasi “Xorazm” innovasion texnoparkiga yo`naltirildi.  “Men bu ixtiromni ustida ikki yildan beri ishlab kelaman va shu kungacha ko`p joylarga murojaat qildim, lekin savollarimga javob topa olmadim. O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligiko`rsatmasiga ko`ra, Toshkent shaxridagi Yodju texnika institutiga murojaat qildim. Va ushbu institut “Muqobil energiya” laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda bir hafta davomida sinov ishlarini olib bordik va o`zim kutgan natijalarga erishdik. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rahbariyati va Innovasiya markazi xodimlariga ushbu qurilmamni sinovdan o`tkazishda bergan yordami uchun alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sinov jarayonida loyihamning tajribaviy na`munasidagi texnik xato-kamchiliklarini ham qayd etdim, hamda kelajakda Toshkent shaxridagi Yodju texnika instituti bilan birgalikda ushbu loyixani rivojlantirish yo`lida hamkorlik qilishga kelishib oldik” – dedi loyiha muallifi E.Atajanov.  

"Innovasion rivojlanish vazirligi Toshkent shaxridagi Yodju texnika institutiga ushbu loyihani laboratoriya sinovidan o`tkazishda ko`rsatgan amaliy yordami uchun alohida minnatdorchilik bildiradi, hamda institut “Muqobil energiya” laboratoriyasining ilmiy-texnik bazasini zamonaviy jihozlanganligini alohida e`tirof etadi. Innovasion rivojlanish vazirligi mahalliy ixtirochilarnihar tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyor. Biz har bir fuqaroning innovasion loyihalari tijoratlashtirilishi va hayotda o`z o`rnini topishidan manfaatdormiz. Chunki bu orqali mamlakatimiz Innovasion ekotizimi yanada mustahkamlashadi" – deb ta`kidladi vazir o`rinbosari.

Шарҳлар

Xonanda Lola farzand kutmoqda (FOTO)

15.02.2020, 12:04

Xonanda Lola Yo`ldosheva farzand kutmoqda.U instagramdagi sahifasiga homiladorligi aks etgan surat joyladi. Demakki, u yaqinda ona bo`ladi.Onalik — buyuk "mansab". Farzand — eng shirin ne`mat....
FOTO: Islom Karimov Tatyana Karimovga nikoh uzugini taqmoqda

15.02.2020, 11:51

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning qizi Lola Karimova instagramdagi sahifasiga xotiralar bilan bog`liq suratni joyladi.Unda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Tatyana Karimovaga nikoh uzugini taqayotganini ko`rish...
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan #Boburday aksiyasi bo`lib o`tdi (Foto)

14.02.2020, 16:18

Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da buyuk sarkarda va benazir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan  #Boburday aksiyasi bo`lib o`tdi.   
Qoraqalpog`iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni bayramining yorqin lahzalari (Fotoreportaj)

14.01.2020, 20:17

Bugun, 14 yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda...