Му5
5

Bosh vazir o`rinbosarlari deputatlar tomonidan ma`qullandi (foto)

Siyosat 22.01.2020, 18:25
Теглар: deputat, Bosh vazir o`rinbosari
753
Bosh vazir o`rinbosarlari deputatlar tomonidan ma`qullandi (foto)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hukumat a`zoligiga nomzodlar ko`rib chiqilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosarligiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma`qullandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga – Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich;

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – moliya vaziri lavozimiga – 

Qo`chqorov Jamshid Anvarovich;

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo`yicha davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – Abduhakimov Aziz Abduqaharovich;

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – O`zbekiston Xotin–qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga – Bositxonova Elmira Erkinovna.

Majlis davom etmoqda.

Шарҳлар