Му5
5

Burkina-Fasoda terrorchilik hujumi natijasida 36 kishi halok bo`ldi

Dunyo 22.01.2020, 18:42
Теглар: Burkina-Faso, terror
450
Burkina-Fasoda terrorchilik hujumi natijasida 36 kishi halok bo`ldi

Burkina-Faso shimolida terrorchilik hujumi natijasida kamida 36 kishi halok bo`ldi, deya xabar berdi mahalliy «RTB» radiostansiyasi mamlakat hukumati bayonnomasiga tayanib.

«20 yanvar — dushanba kuni qurollangan terrorchilar guruhi Nagraogo bozoriga bostirib kirdi. U erda 32 nafar hamyurtimizni o`ldirdi, bozorga o`t qo`ydi va ortga chekinayotganda Alamu qishlog`i yaqinida yana to`rt kishini o`ldirishdi. Bundan tashqari, hujum natijasida uch kishi jarohatlangan», deyiladi bayonnomada.

Hukumat halok bo`lganlar va jarohat olganlarning oilasiga hamdardlik bildirdi.

Hozirgacha birorta ham tashkilot hujumni o`z bo`yniga olmagan.

Шарҳлар