Bugun «O`zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatida guruh muhokamlari shaklida UzAuto Motors dilerlarining konferensiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda kompanyaning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.
Konferensiya ishi doirasida UzAuto Motors kompaniyasining dilerlari 2019 yilgi faoliyat natijalarini ko`rib chiqdilar hamda 2020 yilda brendni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildilar. Dilerlar uchun yangi istiqbolli modellarning taqdimoti bo`lib o`tdi, savdo va xizmat ko`rsatishning asosiy yo`nalishlari taqdim qilindi.
Anjuman ishtirokchilariga UzAuto Motors kompaniyasining turli segmentlaridagi bir qator fundamental yangiliklar haqida ma`lumot berildi.
«O`zavtosanoat» vakillari tomonidan birinchi navbatda mijozga yo`naltirilgan savdo strategiyalarini o`zgartirish zarurligi, xizmat ko`rsatish, mijozlar bilan o`zaro munosabatlarning sifatini yaxshilash, ehtiyot qismlarni sotish, shuningdek, Trade-In dasturi orqali savdoni ko`paytirish kabi vazifalar qo`yildi.
Ma`lumot uchun, bugungi kunda kompaniyaning butun mamlakat bo`yicha 89 ta dilerlik korxonalari mavjud.