Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz” ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda, Xonqa tumani Tibbiyot birlashmasi hamshirasi Z.Yu., fuqaro S.S.ni Tibbiyot birlashmasiga ishga kirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan hamshira Z.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayni paytda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.