AsosiyJinoyat

67 bosh qo`ylarni o`g`irlagan shaxslar ushlandi va sud tomonidan ularga jazo tayinlandi

'67 bosh qo`ylarni o`g`irlagan shaxslar ushlandi va sud tomonidan ularga jazo tayinlandi'ning rasmi

2019 yil 18 oktyabr kuni taxminan soat 21:30 larda 53 yoshli Murod N. jinoiy sherigi 34 yoshli Ma`murjon U. bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib, fuqaro E.X.ning Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan hovlisiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, og`ilxonadan E.X.ga tegishli har-birining bahosi 1.300.000 so`mlik jami 87.100.000 so`m bo`lgan 67 bosh qo`ylarini yashirin ravishda talon-taroj qilgan.

Ularni shu erdagi qirga haydab borib, ulardan 46 bosh qo`ylarni “Lasetti” va “Gazel” rusumli yuk avtomashinalariga yuklashib, sig`may qolgan 21 bosh qo`ylarni ushbu joyga qo`yib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Ma`murjon U., qo`ylarni Buxoro viloyati, Vobkent tumaniga olib borib, tanishi U.X.ga ushbu qo`ylar o`ziga tegishli ekanligini aytib, har-birini 930.000 so`mdan hisoblab jami 40.920.000 so`mga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi ko`zg`atilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, Ma`murjon U. takroran 2019 yil 31 oktyabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida joylashgan bog`dorchilik fermer xo`jaligidan fuqaro U.H.ga tegishli muqaddam o`zi unga sotgan har-birining bahosi 930.000 so`mlik jami 39.060.000 so`m bo`lgan 42 bosh qo`ylarini va A.X.ga tegishli 1 bosh bahosi 1.000.000 so`mlik qo`yini yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Jinoyat ishi bo`yicha Ma`murjon U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari bilan va Murod N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e`lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Ma`murjon U. va Murod N.lar tomonidan jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zarar to`liq qoplangan. Tergov yakuniga ko`ra jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Nurobod tuman sudining 2020 yil 7 yanvardagi hukmiga ko`ra, Ma`murjon U. va Murod N.lar ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Ma`murjon U.ga nisbatan 3 yil 3 oy muddatga, Murod N.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar