Olimlar jigari notipik tarzda ishlaydigan bemorlarni pirfenidon bilan davolash usulini ixtiro qilishdi

Salomatlik 18.02.2015, 11:46
6449
Olimlar jigari notipik tarzda ishlaydigan bemorlarni pirfenidon bilan davolash usulini ixtiro qilishdi

Jigar - inson tanasidagi muhim va beor a`zolardan biri sanaladi. U jiddiy zo`riqisharga chidamli, shu bilan birga tez fursatda qayta tiklanuvchi a`zo. Biroq ba`zida, jigarda muammo paydo bo`ladi va uni kasallik ta`siri va kasallikning o`zidan qanday davolashni o`ylashga ehtiyoj seziladi. Bu a`zo inson salomatligini belgilovchi muhim a`zolardan biri bo`lib, undagi kasallik va kasallik asorati inson tashqi ko`rinishiga, ruhiy holatiga ta`sir qilmay qolmaydi. Jigar salomat bo`lsa inson uzoq yillar salomatlikda hayot kechirishi mumkin. Agar kasallikka chalingan jigar o`z vaqtida davolanmasa jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.  

Ko`plab bemorlarning baxtiga “INTERMYUN INK” tibbiyot xodimlari tomonidan jigari notipik tarzda ishlaydigan bemorlarni pirfenidon bilan davolash usuli ixtiro qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu ixtirodan tibbiyotda, xususan jigar funksiyalari biomarkerlarining anomal darajalarini namoyon qiladigan bemorlarni pirfenidon bilan davolashda foydalaniladi. Uning vazifasi 5-metil-1-fenil-2- (1H)-piridon ("pirfenidon")terapiyasi bilan bog`liq jigar funksiyasining buzilishlarini kamaytirishning yangi usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Amerikalik olimlar Bradford Uillyamson Zigler; Shvartsberg Xaver ushbu davolash usuli uchun O`zbekistonda IAP 04996 raqamli patent oldilar.

Шарҳлар