Му5
5

Koronavirus sabab qoldirilgan lisenzion turnirning qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

Sport 24.01.2020, 17:32
543
Koronavirus sabab qoldirilgan lisenzion turnirning qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Tokio Olimpiadasiga yo`llanma beruvchi lisenzion turnirning o`tkazilishi bekor qilingan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Tokio-2020 Olimpiadasining boks bo`yicha lisenzion musobaqasini tashkil etuvchi qo`mita bahslar Uxandagi koronavirus sababli qoldirilgani haqida barcha boks federasiyalariga xat yuborgan.

Unga ko`ra, Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlariga ko`chirildi. Ayni paytda tashkiliy qo`mita Xitoydan boshqa mamlakatda ushbu musobaqani o`tkazish imkoniyatlarini ko`rib chiqmoqda. Tashkiliy qo`mita bu borada milliy federasiyalarga rasmiy xabar yuborishi haqida xatda alohida ta`kidlangan.

Шарҳлар