Avvalroq, 3-14 fevral kunlari boks bo`yicha Xitoyning Uxan shahrida o`tkazilishi lozim bo`lgan lisenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilingani haqida xabar qilgan edik.
Bugun Xalqaro olimpiya qo`mitasi mazkur musobaqaga mezbonlik qiladigan shahar nomini ma`lum qildi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkiliy qo`mita tomonidan O`zbekiston boks federasiyasiga yuborilgan xatda ma`lumot berilishicha, Osiyo va Okeaniya bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida o`tkaziladigan bo`ldi.