Му5
8

Navoiy shahri bepul Wi-Fi bilan ta`minlandi

Jamiyat 25.01.2020, 11:53
300
Navoiy shahri bepul Wi-Fi bilan ta`minlandi

Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi «Sensorika» korxonasi rahbari Norboy Arziev navoiyliklarga cheksiz va bepul Wi-Fi orqali internetga ulanishni taqdim etmoqchi. Arziev loyiha sinov-tajriba tarzida ishga tushganini ma`lum qildi. Bu haqda "Sof.uz" xabar berdi.

Xabarda, Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan e`lon qilingan startap loyihalar tanlovida g`olib bo`lgan Norboy Arziev Latviyadan 300 dan oshiq router uskunalarini import qilgani, loyihani to`laqonli ishga tushirish uchun barcha sharoitlar hozirlanganini aytib berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda shaharning 20 ta nuqtasida loyiha sinov tarzida ishlab turibdi. Taklif etayotgan loyihaning afzalligi aholiga haqiqatan bepul va cheksiz internetni taqdim etilishi hisoblanadi. Shaharnnig istalgan nuqtasidan to`lqin tarmog`iga ulangan foydalanuvchi uzluksiz 1 Mbit/s tezlikdagi internet bilan ta`minlanadi.

Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan ma`lum qilinishicha, loyiha bo`yicha bir milliard  so`m davlat granti ajratilgan va 2020 yilning o`zida shahar bo`ylab yuqori to`lqinli 500 ta router o`rnatilishi kutilmoqda.

Ushbu loyiha joriy yilning 21 mart kuni — Navro`z bayrami arafasida rasman ishga tushirilish rejalashtirilgan. Muallifning qo`shimcha qilishicha, tezligi 4 Mbit/s bo`lgan analog uzatma pulli obuna orqali taqdim etiladi.

Шарҳлар