Му5
5

Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (Video)

Dunyo 25.01.2020, 12:56
Теглар: Video
4659
Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (Video)

Bundan uch ming yil avval qadimgi Misrda mumiyolangan ruhoniydan g`alati ovoz chiqdi. 

Fir`avn Ramzes XI davrida yashagan Nesyamun kohinining ovozini London va York universitetlarining olimlari o`rgangan. Ular avvaliga mumiyo kompyuter tomografiyasidan o`tkazildi. Tadqiqotchilar ushbu yo`l bilan Nesyamunning boshi va bo`ynining skaner tasvirlariga ega bo`ldi, shundan keyin uning ovoz yo`li 3D-modeli yaratilgan.

Keyinchalik ushbu model 3D-printer yordamida chiqarilgan. Model mumiyolangan jasaddagi tilga ziyon etgani tufayli ideal ko`rinishda chiqmagan. Taxminlarga ko`ra, bunga hasharot chaqishi oqibatidagi allergik reaksiya sabab bo`lgan. Uch ming yillik topilmaning ko`rinishi va ovozini tiklash uchun chala qolgan qismni kompyuterning o`zi modellashtirib yig`di. Lekin shunga qaramay, kohinning ovozi qanday bo`lganini eshitishga muvaffaq bo`lindi.

Chop etilgan ovoz yo`liga og`iz modeli va dinamik o`rnatildi. Shu tariqa Nesyamunni gapirtirishga erishildi. Uning qisqa nutqida inglizcha «bad» («yomon») va «bed» («krovat») so`zlariga yaqin tuvoshlar jamlanmasi yangradi.

Nesyamun — gapirtirilgan birinchi mumiyolangan murda emas. 2016 yilda tadqiqotchilar Alp tog`larida besh ming yil avval yashagan «muzlagan odam»ni ham gapirtirgan. O`shanda ovozni eshittirishning bu galgi nisbatan aniqroq metodikasidan foydalanilgan.

Шарҳлар

Foydalanilmayotgan tomorqalar qaytarib olinadimi? (Video)

19.02.2020, 15:31

O`zbekiston fermer, dehqon va tomorqa egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi aholi daromadini oshirishga xizmat qiluvchi masalalar yuzasidan matbuot...
Shahrisabz tumani hokimligi huquqshunosi ekani aytilayotgan shaxs fermerni «tepib haydadi» (Video 18+)

15.02.2020, 15:16

Bugun norasmiy telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimligi huquqshunosi ekani aytilayotgan shaxs bilan bog`liq video tarqaldi.Videoda fermerni huquqshunos tepib hokimiyat binosidan haydab yuborgani...
O`zbekistonda koronavirus aniqlanmadi (Video)

14.02.2020, 21:30

Koronavirus infeksiyasi to`g`risidagi ishonchli ma`lumotlarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan koronavirusga qarshi markaziy shtabdan olish mumkin. Bu shtab o`z faoliyatini tunu kun davom ettirmoqda....
Toshkentda o`z otasini urgan yigit holatni izohladi (Video)

14.02.2020, 15:20

Ijtimoiy tarmoqlarda ota va o`g`il mojarosi aks etgan video tarqaldi. U jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo`ldi. Unda o`g`ilning o`z otasiga tazyiq o`tkazgani, hattoki qo`l ko`targani...