Му5
8

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 20 nafarga etdi

Dunyo 25.01.2020, 14:38
582
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 20 nafarga etdi

Turkiya favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi Turkiyada yuz bergan zilzila tufayli mingdan ortiq odam jabrlanganligini bildirmoqda. 

Turkiya shahrida sodir bo`lgan zilzila oqibatida kamida 20 kishi halok bo`ldi, mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda shanba kuni respublikaning Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi xabar berdi. Avvalroq 19 kishi vafot etganligi va 770 dan ortiq odam tan jarohati olgani haqida ma`lumot olingan edi.

Agentlik xabariga ko`ra, Elazig viloyatida 14 kishi, yana olti kishi — Malatya viloyatida halok bo`lgan. Kamida 1015 kishi jarohat olgan.

Turkiyaning Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:55da sharqiy Elazig viloyatida, aholisi 400 ming kishiga yaqin bo`lgan 6.8 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzilalar mamlakatning ko`plab mintaqalarida, shuningdek Isroil, Iroq va Suriyada ham sezildi.

Шарҳлар