Му5
8

Dam olish kunlari havo oqimi almashadi

Jamiyat 25.01.2020, 15:03
1351
Dam olish kunlari havo oqimi almashadi

Respublika Gidrometeroliya markazi​ dam olish kunlari O`zbekistonda kutiladigan ob-havo bo`yicha ma`lumot tarqatdi. Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta`sirida ob-havoning bulutli bo`lishi, ayrim joylarga yomg`ir yog`ishi, mamlakatning shimoliy hududlarida kuchsiz yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 4-9 daraja iliq atrofida bo`ladi, bunday harorat shu kun me`yoriga yaqindir.

Shanbadan yakshanbaga o`tar vaqtda havo oqimlari almashib ob-havo o`zgarishi kutilmoqda.

Iliq havo oqimi o`rnini Volgabo`yi hududidan kiradigan salqin va nisbatan nam havo oqimi egallaydi. Ayrim joylarda kuchsiz yog`ingarchilik kuzatiladi.

Respublikaning tog`li tumanlarida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ishi mumkin. Shu kunlarda sinoptiklar haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayishini ma`lum qilmoqda, bu harorat kun me`yorlaridan 2-4 darajaga pastdir.

Шарҳлар