Му5
8

YPX xodimiga pora berayotgan navoiyilik haydovchi qo`lga olindi

Jamiyat 26.01.2020, 09:34
341
YPX xodimiga pora berayotgan navoiyilik haydovchi  qo`lga olindi

Navoiy viloyati YPX katta inspektori O. Safarov 24 yanvarda Qiziltepa tumani hududida o`tkazilayotgan avtoreyd vaqtida “Oq oltin” mahallasida  “Damas” rusumli avtomobil haydovchisining hujjatlarini tekshiradi. 

Haydovchi I.J.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo`lmaganligi sababli, fuqaro I.J.ga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi I.J. javobgarlikdan qochish maqsadida inspektor O. Safarovga 500 ming so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko`ra, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni soat 19:15 larda fuqaro I.J., YPX katta inspektori O.Safarovga 400 ming so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар