my5

Birinchi Prezident bilan Shavkat Mirziyoev o`rtasida qanday farq bor? Zoyir Mirzaev javob berdi

Jamiyat 27.01.2020, 12:14
4675
Birinchi Prezident bilan Shavkat Mirziyoev o`rtasida qanday farq bor? Zoyir Mirzaev javob berdi

Avval xabar berganimizdek, Xushnud Xudoyberdievning “Aytingchi?” loyihasida ilk mehmon Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev bo`ldi. 

Viloyat hokimiga ko`pchilik uchun qiziq bo`lgan bir qancha savollar berildi. Xususan:

“Siz marhum birinchi prezidentimiz Islom Abdug`anievich davrida ham uzoq yillar hokimlik lavozimida faoliyat yuritgansiz. Shuningdek, hozir Shavkat Mirziyoev prezidentligi davrida ham viloyat rahbari bo`lib ishlayapsiz. Har ikki davlat rahbari bilan ishlab ko`rgan shaxs sifatida ularning davlat boshqaruvida o`xshash va farqli jihatlari nimada deb o`ylaysiz”, — deya savol berildi Zoyir Mirzaevga.

“Shu paytgacha berilgan savollar ichida bu men uchun eng og`ir savol bo`ldi. Marhum Islom Abdug`anievich bilan ko`p yillar birga ishladim. Ulardan o`rganadigan jihatlar juda ko`p. O`ta talabchan edi, kadrlarga baho berish nuqtai nazaridan ham juda kuchli edi. Odamning ko`ziga qarab turib, aldayaptimi, yo`qmi, birdan bilib olardi. Shuningdek, lavozimdagi shaxslar bilan suhbat qilganda muammolar nima sababdan paydo bo`lgani, qaerda xato qilinganini ko`p so`rardi. Ayni paytda Shavkat Miromonovich bilan ishlab shuni bildimki, bu inson holatni muaommoni eng pastdagi holatigacha yaxshi biladi. Tasavvur bor, hali qanchalik darajagacha o`zgarganimizni ham yaxshi biladilar. Shu nuqtai nazardan berilayotgan topshiriq muammoning echimiga qaratiladi. Ikkinchi eng muhim masala esa ochiqlik. Ilgari tanqid bilan chiqsangiz, boshqa ishlamasdingiz...”, deya, davlat rahbarlariga sifat berdi Qashqadaryo viloyati hokimi.

Шарҳлар