Uxan shahrida yashaydigan 56 yoshli ayol 10 yanvar kuni o`zida kasallik belgilarini sezgan. 15 yanvar kuni tibbiy muolajalar olish uchun kasalxonaga yotqizilgan.
Xitoy Sog`liqni saqlash milliy komissiyasi xabarida qayd etilishicha, tibbiy muolajalar natijasida ayolning salomatligi ancha yaxshilandi, tana harorati me`yorlashdi.
Bemor nafas olish tizimidagi nuqsonlar bartaraf etildi. Qon tahlilida nuklein kislotalariga bo`lgan reaksiya aniqlanmadi. Bemorning ahvoli yaxshiligini inobatga olib uni shifoxonadan chiqishiga ruxsat berildi.